
La Liga. "Barselona" "Osasuna"ni tor-mor etdi
La Liga 28-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Osasuna" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda kataloniyaliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ferran Torres mazkur uchrashuvda dubl qayd etdi. Shuningdek, Per-Emerik Obameyang hamda Riki Puch ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Qiyinchiliksiz 3 ochk qo‘lga kiritgan Xavi shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 51 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular Ispaniya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 35 ochko to‘plashgan erishgan "Osasuna" 11-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar