La Liga. Diomandening goli «Real Madrid»ga g‘alaba taqdim etdi
La Liganing 8-turi doirasida «Real Madrid» o‘z uyida «Vilyarreal»ni qabul qildi. Mazkur bellashuv 1:0 hisobida madriddliklarning foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuvdagi yagona gol 63-daqiqada Yan Diomande tomonidan kiritildi. Qolgan vaqt davomida hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Shu tariqa, «qirollik klubi»ning ochkolari soni 18 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar