La Liga. “Real” oʻz uyida “Levante”ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
La Liganing 20-turidan o‘rin olgan “Real” hamda “Levante” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Bu turda “qirollik klubi” o‘z uyida “baqalar”ni qabul qilib, ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab bellashuvning 58-daqiqasida Mbappe penaltiidan hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqada esa Raul Asensio farqni ikkitiga oshirib qo‘ydi.
Arbeloa shogirdlari bu g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 48 taga yetkazib olib, turnir jadvalidа 2-o‘rinni saqlab qoldi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Real Madrid
- Kylian Mbappé 58'
- Raúl Asencio 65'
Tugadi
2
:
0
17.01.2026 18:00

Fikrlar