La Liga. “Real” o‘z uyida yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 25 avgust, 2024, 22:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan “Real Madrid”-“Valyadolid” (3:0) uchrashuvi yakunlandi. “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Federiko Valverde 53 daqiqada uzoq masofadan zarba berib hisobni ochdi. Ikkinchi golga, zaxiradan maydonga tushgan Brahim Dias mualliflik qildi. Madridliklarning yangi futbolchisi Endrik o‘z debyutida ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, “Real” ikkita turdan so‘ng 4 ochko jamg‘ardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!