La Liga. "Real" qiyinchilik bilan "Sevilya"ni mag‘lub qildi. Rodrigodan dubl
La Liganing 37-turidan o‘rin olgan "Sevilya - "Real" uchrashuvida madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Rafa Mir 3-daqiqada Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi. 29-daqiqada Rodrigo standart vaziyatdan gol urib, imkoniyatlarni tengashtirdi. Rodrigo bitta gol bilan cheklanib qolmadi. U 69-daqiqada qarshi hujumdan foydalanib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, "Real" ochkolari sonini 77 taga etkazib olib, turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi. "Sevilya" esa 10-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar