La Liganing ikki klubi Alkaserni qishda Ispaniyaga qaytarishmoqchi
Dortmudning "Borussiya" klubi forvardi Pako Alkaser yaqin vaqtlar ichida Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Futbolchi uchun "Vilyarreal" va "Valensiya" klublari qiziqish bildirishmoqda. AS nashri xabariga ko‘ra, Alkaserning o‘zi ham klubni tark etishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, forvard katta ehtimol bilan "ko‘rshapalaklar" tarkibiga borib qo‘shiladi. Chunki "Vilyarreal" Rodrigo Moreno klubni tark etsagina ushbu transfer uchun taklif yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2013-2016 yillar davomida "Valensiya" safida to‘p surgan.

Fikrlar