Asosiy mazmunga oʻtish

"Lada kubogi". "Humo" mezbonlarga mag‘lub bo‘ldi

Shahzod
Izohlar: 0

Rossiya Federatsiyasining Tolyatti shahrida "Lada kubogi" bahslari davom etmoqda.

Xabaringiz bor, mazkur musobaqada Toshkentning "Humo" jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bugun Evgeniy Popixin shogirdlari 3-tur o‘yinini mahalliy "Lada" klubiga qarshi o‘tkazdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi va bullitlar seriyasiga murojaat etildi.

Bullitlar seriyasida esa mezbonlar ustun kelishdi va navbatdagi ochkoni o‘z hisoblariga yozgan holda turnir peshqadamiga aylanishdi.

Ertaga musobaqaning so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tadi. "Humo" xokkeychilari Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da "Ijstal" klubiga qarshi muzga chiqishadi

Lada» (Tolyatti) - «Humo» (Toshkent) - 3:2 B (1:0, 0:1, 1:1, 0:0)

Shayba kiritganlar:
1:0 Ozolinsh (Andryuщenko, Shurakov), 12:06
1:1 Belyakov (Smirnov), 37:26
2:1 Timirev, 54:51, GB
2:2 Grigorenko (Zdunov, Yatsenko), 57:25
3:2 Mastryukov, 65:00, PB
«Lada»: Skrynnik; Berdyukov – Vozovik, Toluzakov – Mayorov – Timirev; Churlyaev – Krotikov, Andryuщenko – Ozolinsh – Shurakov; Usmanov – Kapotov, Denejkin – Mastryukov – Lukin; Bulatov – Semenov, Juravlev – Kutyavin – Nazarov; Valiullov, Artemov.
 
«Xumo»: Smiryagin; Islamov – Sorokin, Valuyskiy – Voronin – Sherbina; Pepelyaev – Merejko, Zdunov – Yatsenko – Grigorenko; Gavrilenko – Ilin, Mosharov – Voroshilo – Sinyavskiy; Bogatskiy – Gendunov, Belyakov – Smirnov – Popov, Rasulov.
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q