Lam: "Jamoa faqat bir futbolchiga bog‘lanmasligi kerak"
"Bavariya" sobiq himoyachisi Filipp Lam Jamal Musialaning jarohatdan so‘ng safga qaytishi va klubdagi o‘rni haqida gapirdi.
"Musialaning jarohatdan qanday holatda qaytishi qiziq. "Bavariya" usiz ham barqaror va ajoyib o‘yinlar ko‘rsatyapti. Hozirda katta e’tibor Xarri Keynga qaratilgan va u bunga gollari bilan javob bermoqda. Jamal klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biri, uning shartnomasi 2030 yilgacha uzaytirilgan. Ha, u juda iqtidorli va mehnatkash futbolchi. Biroq gap shundaki, uning qaytishi jamoa o‘yinini yanada takomillashtiradimi yoki aksincha bo‘ladimi? Jamoa bir futbol atrofida qurilganida emas, balkim umumiy birlik ortidan muvaffaqiyatlarga erishadi", - dedi Lam
Eslatib o‘tamiz, Musiala Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida PSJga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Fikrlar