
Lamin, ehtiyot bo‘l! “Barsa” Yamalga hech kim tanimaydigan raqobatchi olib keladi
“Barselona”ning qisqa tanaffusdan keyin yana Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishida 17 yoshli futbolchi Lamin Yamalning hissasi katta bo‘ldi.
Klub rahbariyati tez orada Yamalga ham raqobatchi olib keladigan bo‘lyapti. Taniqli insayder Fabrtsio Romanoning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Daniyaning “Kopengagen” klubiga Runi Bardagji transfer ma’lumotlarini so‘rab, murojaat yo‘llagan.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida 19 yoshli shvetsiyalik futbolchi transferi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar boshlandi.
Runi Bardagjini olish uchun kataloniyaliklar Portugaliyaning grand klublaridan hisoblangan “Portu” bilan raqobatlashmoqda. Bu klub ikki haftadan beri “Kopengagen”dan iste’dodli futbolchini olib ketishga harakat qilyapti.
Runi Bardagji “Kopengagen”ning asosiy jamoasida jami 84 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol urgan. Transfermarkt portali ekspertlari uning transfer summasini 7,5 million evroga baholayapti.
Fikrlar