Lamin Yamal Kilian Mbappening rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi!

  • 10.12.2025 03:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Lamin Yamal Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Ayntraxt"ga qarshi o‘yinda Jyul Kundega golli pas berdi.

Bu Yamalning musobaqadagi 28-o‘yini bo‘ldi. Endi u 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Chempionlar ligasida 7 ta gol va 7 ta assist qayd etgan yagona futbolchi sanaladi. Shu bilan birga, ispaniyalik yosh iste’dod egasi "Real" forvardi Kilian Mbappening rekordini yangiladi.

Lamine Yamal of FC Barcelona gestures during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD6, football match played between FC Barcelona and...

Shuningdek, Lamin uchrashuvning ikkinchi bo‘limida sariq kartochka oldi. Bu uning joriy mavsumdagi uchinchi ogohlantirishi, shu bois u 21 yanvar kuni "Slaviya"ga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Lamine Yamal of FC Barcelona see the yellow card during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD6, football match played between FC...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!