Lamin Yamal necha marta «Oltin to‘p» yutishni rejalashtirayotganini aytdi

  • 23.09.2026 12:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamal necha marta «Oltin toʻp» sovrinini qoʻlga kiritishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi. Ispaniyalik futbolchi joriy yilning oʻzidayoq bu nufuzli mukofotni olishni niyat qilgan. Shuningdek, u kelgusida yana kamida besh marta «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritishni maqsad qilganini maʼlum qildi.

Yamalning taʼkidlashicha, bunday katta maqsad va intilishlar uning tabiati va qarashlarining bir qismi hisoblanadi.

«Agar men bu yil «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritmasam, demak, uni kelasi yili yutishga majburman. Agar bu yil yutsam, yana beshta shunday mukofotni qoʻlga kiritishni istayman. Mening mentalitetim shunday: gʻalaba qozonish, yana gʻalaba qozonish va doim gʻalaba qozonish. Agar bu yil yutolmasam, demak, navbat kelasi yilda», — deb taʼkidladi Yamal.

Eslatib oʻtamiz, Lamin Yamal 2026 yilda topshiriladigan «Oltin toʻp» uchun 30 nafar nomzoddan iborat yakuniy roʻyxatga kiritilgan. U mukofot uchun kurashda asosiy favoritlardan biri sifatida koʻrilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!