Lamin Yamal tarixdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi
U kim ekan?
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal argentinalik hujumchi Lionel Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini aytdi.
- Men ko‘rgan va kuzatgan narsalarimdan kelib chiqib, Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb aytgan bo‘lardim. U erishgan va hanuzgacha amalga oshirayotgan barcha ishlari uchun, - dedi Yamal. Uning so‘zlarini Marca keltirdi.
Qayd etish joiz, 2026 yildagi Jahon chempionati finalida Lamin Yamal ishtirokidagi Ispaniya terma jamoasi Lionel Messi o‘ynagan Argentina terma jamoasini mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 sentabr kuni Messi MLS doirasida «Kolambus Kryu»ga qarshi uchrashuvda gol urgan edi. 6 oktabrdan 7 oktabrgacha o‘tar kechasi Lionel milliy terma jamoa safidagi xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi. Argentina terma jamoasining raqibi Benin bo‘ladi.

Izohlar (0)