Laporta Alvaresga qiziqish borligini tasdiqladi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa “Atletiko” hujumchisi Julian Alvaresga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.
“Biz uni ham, boshqa nomzodlarni ham ro‘yxatdan chiqarganimiz yo‘q. Chunki “Barselona” eng yaxshi futbolchilarni taklif qila oladi. Ammo shartlarni o‘zimiz belgilaymiz. Hech qanday aqlsiz qarorlar bo‘lmaydi”, — dedi Laporta.
Ma’lumot uchun, madriddliklar Alvaresni 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan 75 million yevroga sotib olgan edi. Ayni paytda futbolchining transfer narxi 90 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar