Laporta "Barselona" kiyinish xonasida futbolchilarga motivatsion nutq so‘zladi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta mavsumning hal qiluvchi qismi oldidan jamoa futbolchilarini ruhlantirishga kirishdi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, klub rahbari muhim o‘yinlar oldidan futbolchilarni ruhiy jihatdan tayyorlash maqsadida jamoa kiyinish xonasiga tashrif buyurib, motivatsion nutq so‘zlagan.
Bosh murabbiy Hans-Diter Flik ham prezidentning bu tashrifi jamoaga haqiqatdan yordam berishini ta’kidlagan.
Qiziqishi shundaki, Joan Laportaga "Barselona" kiyinish xonasiga kirish uchun maxsus ruxsat talab qilingan. Sababi, uning klub prezidenti sifatidagi rasmiy yangi muddati faqat iyul oyidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, u mart oyida ikkinchi muddatga qayta saylangan edi.
Fikrlar