Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Laporta: «Bu "Barselona" uchun og‘ir zarba bo‘ldi»

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Barselona» «Real»dan mag‘lubiyatga qaramay, 27 ochko bilan La Ligada «qirollik klubi»dan uch ochko oldinda peshqadamlik qilmoqda.

Ispaniya chempionati o'ninchi turining markaziy bahsida «Barselona» o‘z maydonida «Real Madrid»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta ushbu natija yuzasidan fikr bildirdi.

«Bu biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Lekin jamoa tezda o‘zini qo‘lga olmoqda. Tarkibimizda ko‘plab yosh futbolchilar bor. Murabbiylar shtabi mag‘lubiyat sabablarini atroflicha tahlil qildi. Oldimizda hali uzun yo‘l turibdi.

«Real» yetakchi futbolchilarimizni juda qattiq nazorat ostiga oldi. Shunga qaramay, biz hali ham turnir jadvalida peshqadamiz. Maqsadimiz o‘zgarmagan», – deya Laportaning so‘zlarini Marca nashri keltiradi.

La Liganing o‘n turidan so‘ng «Barselona» 27 ochko jamg‘argan va «qirollik klubi»dan uch ochkoga oldinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q