
Laporta De Yong borasida dangal gapirdi
"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi De Yongning jamoani tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.
Avvalroq niderlanliyalik futbolchining o‘zi boshqa top klubga o‘tish istagi borligini bildirgandi.
"Frenki De Yong sotilmaydi. U yozda sotilmadi va bu yil ham ketmaydi. Frenki juda jozibali harakatlanadigan futbolchi, buni bilamiz.
Yana bir bor uni sotilmasligini ta’kidlayman", - dedi katalon klubi prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli yarim himoyachining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar