Laporta FIFAni tanqid qildi: "Rafinyaning jarohati — bu sharmandalik"

  • 02.04.2026 14:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" prezidenti Joan Laporta FIFAni xalqaro oʻyinlar taqvimi uchun keskin tanqid qildi. Bunga vinger Rafinyaning Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida olgan jarohati sabab boʻldi. Braziliyalik futbolchi taxminan 5 hafta maydondan chetda qoladi.

"Rafinyaning jarohati — bu sharmandalik. FIFA katta klublarda oʻynaydigan futbolchilar manfaatini inobatga olgan holda taqvim tuzishi kerak. Bu oddiy oʻrtoqlik oʻyini edi va jamoamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri jarohat oldi. Albatta, bu jahlimizni chiqaradi.

Futbolchilarni ayblab boʻlmaydi. Ular professional va oʻz mamlakati uchun bor kuchini beradi. Muammo juda zich taqvimda, ayniqsa mavsumning hal qiluvchi pallasida. Biz barcha sovrinlar uchun kurashayotgan bir paytda bu juda gʻazablantirarl", — dedi Laporta "Mon Esport" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!