Laporta hakamlik va "sotsiologik madridizm" haqida fikr bildirdi

  • 20 may, 14:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Ispaniya futbolidagi hakamlik, VAR va "madridizm" haqidagi qarashlarini bayon qildi.

Tecno

"Hozirda La Liga va Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan hakamlikni yaxshilash uchun maxsus komissiya ishlamoqda. Biz u erga kiritilmadik. “Real” ham kiritilmadi. Ammo biz ushbu komissiyada qatnashib, o‘z takliflarimizni bildirishni xohlaymiz.

Jabrlanuvchi ro‘li bizga hech qachon yordam bermagan. Sotsiologik madridizm mavjud. Agar sen o‘zingni qurbon sifatida ko‘rsatsang, undan foyda ham oz bo‘ladi.

Hakamlar kundan-kunga professionallashib bormoqda, ammo VAR tizimi ba’zi holatlarda buzilishlarga olib kelmoqda. Buni to‘g‘rilash kerak.

Negreyra ishi yuzasidan xalqaro haqorat kampaniyasiga qaramay, suddagi ko‘rib chiqishlardan so‘ng hech qanday natija chiqmadi. Ehtimol, ish oqlash bilan yakunlanadi. Bizga nisbatan bosimlar qattiq bo‘ldi.

“Real” haqida gapirmaslikni ma’qul ko‘raman. Har bir klub o‘z g‘alaba strategiyasini o‘zi yaratsin. Biz futbol bilan shug‘ullanamiz. Kabinetlarda esa tanqidlar konstruktiv bo‘lishi kerak.

“Barsa” har doim chempionlikka erishish uchun raqiblardan yaxshiroq bo‘lishi kerak bo‘lgan. Bu mavsum – shuning yorqin isboti bo‘ldi" - deya o‘z so‘zini yakunladi kataloniyaliklar prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!