Laporta: "Hakamik xatolari doim bir tomonlama bo‘lmasligi kerak"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real" foydasiga qayd etilayotgan hakamlik xatolari haqida fikr bildirdi.
"Bunday holatlar ro‘y berishi mumkinligini tushunamiz, ammo ular doim bir tomonga ishlamasligi kerak. Bu juda ochiq ko‘rinayotgan vaziyatlar. Shu bois, bu masala to‘g‘rilanishiga umid qilamiz.

Men buni tanqid sifatida emas, konstruktiv fikr sifatida aytyapman. Chunki ba'zan xatolar bizning foydamizga ham bo‘ladi", — dedi Laporta.
Fikrlar