
Laporta: Messi uchun "Barsa" eshiklari doimo ochiq. Leo buni biladi"
"Barselona" yozda Messini orqaga qaytarishi mumkin. Argentinalik futbolchi PSJ bilan shartnomani uzaytirgani yo‘q. Shu sababli, kataloniyaliklarda Leoni erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkoni bor. Klub prezidenti Laporta ham 36 yoshli hujumchi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Messi uchun "Barsa" eshiklari har doim ochiq. U buni yaxshi bilan. Leo va "Barsa" o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash yo‘lini topishimiz kerak", - dedi Joan.
Insayder Jerrard Romero ayni dam Ispaniya grandi Messi qaytishga rozi bo‘lsa, uni qanday qilib La Liga ro‘yhatidan o‘tkazish haqida o‘ylamoqda va bu bilan shug‘ullanmoqda.
Fikrlar