Laporta: "Messining ketishi toʻgʻri qaror edi"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta 2021 yilda Lionel Messining klubni tark etishi haqida fikr bildirdi.
"Messining ketishi — bu men doim eslab qoladigan holat. Shu bilan birga, men uchun quvonarlisi shundaki, aynan men prezident bo‘lgan paytda Leo birinchi jamoada o‘ynay boshlagan. U ko‘p yillar davomida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib keldi.
Keyin esa men qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keldi va o‘ylaymanki, to‘g‘ri qaror qildim. Natijalar o‘zini ko‘rsatmoqda: biz klub iqtisodini tikladik, raqobatbardosh jamoa tuzdik va avlodlar almashinuv vaqti keldi. Leo faoliyatining so‘nggi bosqichida edi, biz esa yangi jamoa qurishimiz kerak edi.
Leo bilan birga yangi jamoa qurishni istarmidim? Albatta. Biz urinib ko‘rdik, ammo bu amalga oshmadi", — dedi Laporta.
Lionel Messi 2003–2021 yillar davomida "Barselona"ning asosiy jamoasida to‘p surdi. Ushbu davr mobaynida u 778 ta o‘yinda maydonga tushib, 672 ta gol urdi va 303 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar