Laporta Rafinyaning bu mavsumdagi statistikasidan hayratda emas

  • 19 may, 16:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Rafinyaning bu mavsumdagi muvaffaqiyatlarini oldindan bilgan ekanligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 
 
- Rafinya sizni hayron qoldirdimi? 
 
- Biz uning iste’dodidan xabardor edik. Ammo hammaning moslashish davri bor va ba’zi futbolchilarga ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Flikning Rafinya bilan qilgan ishi aql bovar qilmaydi va u o‘zini ushbu jamoa sardori sifatida ko‘rsatdi. 
 
Shuningdek, u Kataloniyada o‘zini juda qulay his qiladi. Uning shartnomasini uzaytirish yaqin kunlar yoki haftalarda hal qilinadi. Shu bilan birga, biz jamoa uchun muhim bo‘lgan futbolchilarning shartnomasini tezroq uzaytiramiz. Sababi, jamoa g‘alabalarga katta hissa qo‘shgan futbolchilar bilan yangi shartnoma imzolashdan har doim manfaatdor bo‘ladi" - deya so‘zini yakunladi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti. 
 
Ma’lumot o‘rnida. Rafinya joriy mavsum La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!