Laporta: "Real" hamma narоvani "portlatyapti", ularga hes narsa yoqmaydi

  • 18.10.2026 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real» klubi va La Liga atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi. Ma’lumki, madridliklar yaqinda Ispaniya La Ligasi prezidenti Xavyer Tebas istefosini talab qilgan edi.

«Hozirgi barcha e’tiborimiz «Betis»ga qarshi o‘yinga qaratilgan – ular juda kuchli jamoa. «El klasiko» haqida keyinroq gaplashamiz. Lekin bir narsani aytib o‘tish kerak: La Ligaga Xavyer Tebas rahbarlik qilayotgani – biz uchun omad. U bunday muammolarni hal qilish uchun yetarli tajribaga ega. U vaziyatni sog‘lom baholay oladi, bu esa La Ligaga qarshi «Real» tomonidan bo‘layotgan hujumlarga javob qaytarish imkonini beradi.

Ko‘rinib turibdiki, ular hammasini portlatib yuborishni istashyapti – La Ligani yo‘q qilishni, Texnik hakamlar qo‘mitasini yo‘q qilishni xohlashyapti. Federatsiya ham ularga ma’qul emas… umuman hech narsadan qoniqmaydigan holatga kelib qolishgan», – deydi Laporta.

Uning ta’kidlashicha, La Liga prezidenti vaziyatni yaxshi tushunadi va bunday «janglar»da orttirgan tajribasiga tayanaadi. «U shunday hujumlarga munosib javob bera oladi – La Liga tarkibidagi klub tomonidan bunday harakatlar umuman o‘rinli emas. Ular ligada qilinayotgan har bir ishni doimiy tanqid qilish pozitsiyasini egalab olgan», – deya Laporta so‘zlarini Mundo Deportivo keltiradi.

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi La Liga doirasidagi to‘qnashuv yakshanba, 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!