
Laporta: "Yamal uchun 200 million evrolik taklif olganimiz rost"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning 18 yoshli iste’dodi Lamin Yamalga bo‘layotgan qiziqishlar haqida gapirdi.
"Biz Yamal uchun 200 million evrolik takliflar olmoqdamiz. Shu bilan birga, ularga rad javobimini ham berdik. Nafaqat Lamin balki, Balde, Fermin, De Yong, Arauxo, Gavi va Pedrilar uchun ham klublar aloqaga chiqmoqda. Ammo biz futbolchilarimizni sotish niyatimiz yo‘q", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yamalni PSJ o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotgani borasida mish-mishlar chiqqandi.
Fikrlar