Larsen Dortmundning "Borussiya"siga shart qo‘ydi
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, "Borussiya" xavbeki Yakob Bruun Larsen ijaraga ketish bo‘yicha rad javobini berdi.
"Asalarilar" futbolchini Germaniyaning boshqa bir klubiga yarim yilga ijaraga yuborish istagida edi, biroq 21 yoshli futbolchi bu taklifni rad etdi.
Yosh daniyalik futbolchi esa klub rahbariyatiga yo klubda qolish, yoki boshqa klubga to‘laqonli o‘tib ketishga tayyorligini bildirdi.
Joriy mavsumda Larsen Germaniya Bundesligasida 4 ta o‘yinda 1 ta gol kiritdi.

Fikrlar