Latofatli Nigina bugun kortga chiqadi

  • 4 dekabr, 2019, 09:17
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning asosiy to‘r bahslari boshlandi.
 
Sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda mamlakatimiz sharafini Nigina Abduraimova himoya qiladi.
 
Qur’a natijasiga ko‘ra, Nigina bugun ilk davrada yaponiyalik Funa Kozakiga qarshi kortga chiqadi.
 
Eslatib o‘tamiz, Nigina Abduraimova o‘tgan haftada Nontaburi shahrida o‘tgan turnirida finalga qadar etib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!