"Latsio", "Inter" va "Yuve" kurashi yangi frontda davom etadi

"Verona" himoyachisi Marash Kumbulla yozda klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Janluka di Martsio ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli albaniyalik futbolchi xizmatlariga "Latsio" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Inter" Kumbulla uchun 25 million evro taklif qilayotgan bo‘lsa, "Latsio" esa "Verona" rahbariyati bilan o‘rnatilgan iliq munosabatidan foydalanmoqchi.

Kumbulla uchun kurashda Rim va Milan klublari Turinning "Yuventus"i bilan raqobat qilishlari kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!