“Latsio” beshta erkin agentga qiziqyapti, uchtasi chempion “Inter”da o‘ynagan

  • 08.09.2026 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Latsio” klubi rahbariyati transfer oynasi yopilgandan keyin tarkibni kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Calciomercato.com xabar berishicha, rimliklar Madriddning “Real” klubi sobiq himoyachisi David Alaba, shuningdek, yana to‘rt nafar erkin agentni kuzatib bormoqda. Ulardan uch nafari avval “Inter”da o‘ynagan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Latsio” himoyachi Alessio Romanyolini Qatarning “As-Sadd” klubiga sotganidan keyin himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Alabadan tashqari, nomzodlar orasida “Inter”ning sobiq himoyachisi Franshesko Acherbi hamda avval Berlinning “Union” klubida o‘ynagan portugaliyalik himoyachi Diogu Leyte bor.

Shuningdek, rimliklar “Inter”ning yana ikki sobiq futbolchisi – Martselо Brozovich va Mauro Ikardiga ham qiziqish bildirmoqda. Xorvat futbolchisi yozda “An-Nasr”ni tark etdi va yarim himoyachilarning jarohatlari tufayli yuzaga kelgan “Latsio” markaziy yarim himoyasidagi muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin. Ikardiga esa, xabarlarga ko‘ra, Ispaniyaning “Elche” klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!