"Latsio" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishi mumkin

  • 01.10.2020 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Andreas Pereyra A Seriya klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.

24 yoshli braziliyalik futbolchi bugun “Latsio” bilan shartnoma imzolashdan oldin Rimda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Pereyra A Seriya klubida ijara asosida to‘p suradi. Shu bilan birga “Latsio”da uni keyinchalik 27 mln evro evaziga sotib olish huquqi mavjud bo‘ladi. E’tiborlisi, agar bu sodir bo‘lsa, Pereyra “Latsio” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.

Pereyra o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!