
“Latsio” Serdar Azmun bilan kelishuvga erishdi
“Latsio” Eron terma jamoasi va “Rubin” klubi a’zosi Serdar Azmunning otasi bilan kelishuvga erishgan.
Biroq hozircha klublar 22 yoshli futbolchining transferi borasida bir qarorga kelmagan. Rim klubi “Rubin” Azmun uchun 15 mln evro taklif qilgan, ammo Qozon klubi futbolchisini 20 mlndan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Azmunning “Rubin” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 3 yildan so‘ng yakuniga etadi.
Fikrlar