"Lausanne Grand Slam 2026" turniri. Bugun 8 nafar dzyudochimizga muxlislilik qilamiz!
Bugun Shveytsariyaning Lozanna shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulğa" turkumiga kiruvchi navbatdagi nufuzli turnir start oldi.
Musobaqaning birinchi kunida engil vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Kun davomida O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili medallar hamda muhim reyting ochkolari yo‘lida tatami chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov – Ural Bahtiyarov (Turkmaniston)
-60 kg: Bahrom Boturov – Ali Popalzay (IJF Refugee Team)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev – Florian Boeker (Germaniya)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Hahik Martirosyan (Ukraina)
QIZLAR
-48 kg: Laziza Haydarova – Merve Azak (Turkiya)
-48 kg: Ulbusin Hakimova – Sabina Gulyazova (Rossiya)
-52 kg: Sita Kadambaeva – Paulina Martinez (Meksika)
-52 kg: So‘diyona Rafkatova – Gabriela Dimitrova (Bolgariya)
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar