Lautaro: "Menga eshik ko‘rsatilmasa, shu yerda qolaman"
"Inter" yulduzi Lautaro Martines Italiya klubidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Men faoliyatimni "Inter"da yakunlamoqchiman. Oilam Milanda baxtli. Hozirda o‘zimni boshqa jamoada o‘ynashni tasavvur qila olmayman. Futbolda hamma narsa juda tez o‘zgaradi, lekin agar ular menga eshikni ko‘rsatmasalar, men shu yerda qolaman", - deya argentinalikning so‘zlarini keltirdi "Gazzetta dello Sport".
28 yoshli hujumchining Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Martinesning transfer qiymati 85 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar