
Lautaroga birinchi taklif keldi. U qabul qiladimi?
Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Inter” mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan argentinalik hujumchi Lautaro Martinesni sotib, moliyaviy inqiroz oqibatlarini yumshatishini ma’lum qilgan edi.
Vaziyatdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan “Atletiko” bu hujumchini so‘rab, birinchi rasmiy taklifini yubordi. Ispaniya chempioni hujumchini 50 million evroga baholagan. Lekin milanliklar hali bu taklifga munosabat bildirgani yo‘q.
Ma’umotlarga qaraganda, “Inter” asosiy hujumchilaridan birini 70 million evrodan past narxga sotmaydi. O‘tgan yili Lautaroni “Barselona” qo‘lga kirita olmagan edi.
“Inter” futbolchilarning kelasi mavsumga mo‘ljallangan maoshini kafolatlash uchun iyun oyining oxiriga qadar yulduzlaridan birini sotib yuborishi kerak bo‘ladi. Klubni tark etadiganlar ro‘yxatida Lautaro Martinesdan tashqari Romelu Lukaku va Ashraf Hakimi singari kuchli futbolchilar bor.
Fikrlar