Lazizbek Mullojonov jangi yakunlandi. Kunning barcha natijalari bilan tanishing

  • 25 fevral, 2022, 23:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy Stranja musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun bokschilamiz yarim final janglarini o‘tkazdi. Barcha natijalar bilan tanishing:

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Nurlan Saparbay (Qozog‘iston) - Kunning so‘ngi uchrashuvida Mullojonov ham qo‘shni Qozog‘iston vakili ustidan ishonchli tarzda ustun keldi.

IMG_20220226_000632

-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Abzal Serik (Qozog‘iston) - Keskin va murosasiz kechgan bahsda Tursunovning qo‘li baland keldi va finalga yo‘l oldi.

11111_1

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Abzal Kuttibekov (Qozog‘iston) - Saidrahimov qozoq bokschisini mag‘lub etgan holda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

photo_2022-02-25_23-36-45

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) - Xalakov mazkur uchrashuvda raqibga nisbatan kichik ustunlik qayd etgan holda zafar quchdi. Xalakov ushbu raqib bilan oldin ham 2 bora to‘qnash kelgan va har ikkalasida ham g‘alabaga erishgan.

IMG_20220225_230158_509

-80 kg: Odiljon Aslonov - Kromvil Kommi (Italiya) - Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda Aslonov g‘alaba qozondi.

IMG_20220225_230205_486

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Timur Kabdeshov (Qozog‘iston) - Do‘smatov raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi.

IMG_20220225_230251_955

-52 kg: Tursunoy Rahimova - Tetiana Kob (Ukraina)- Tursunoy Rahimova raqibasidan jang davomida ustunlik qilganiga qaramasdan hakamlar yakunda Ukraina vakilasining qo‘lini baland ko‘tardi. 

IMG_20220225_230715

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!