Lazizbek Mullojonov prof boksdagi to‘qqizinchi g‘alabasiga erishdi
Ayni paytda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida "RCC Boxing" promousheni professional boks oqshomini o‘tkazmoqda.
E’tiborlisi, biroz avval hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov mezbonlar vakili Vitaliy Kudukhovga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 8 raund davomida katta ustunlik bilan harakat qilgan charm qo‘lqop ustamiz yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi. Mazkur natija orqali Mullojonov prof boksdagi g‘alabali seriyasini to‘qqiztaga yetkazib oldi.
Ma’lumot uchun, Kudukhov bundan avvalgi jangida yana bir sportchimiz Bahodir Jalolovdan ham mag‘lubiyatga uchragan edi.

Fikrlar