Leandro Paredes: Ispaniya JCh-2026 finalida Argentina dan kuchliroq bo‘ldi va haqli ravishda yutib chiqdi
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes jahon chempionati — 2026 finali atrofida paydo bo‘lgan turli “siyosiy o‘yinlar” va fitna nazariyalari haqida fikr bildirdi. 19 iyul kuni bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda Ispaniya terma jamoasi Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Eshitayotgan gap-so‘zlaringizga qarab, aqldan ozishingiz ham mumkin. Jahon chempionati oldidan, uning davomida va undan keyin aytilgan narsalar… Menimcha, biz juda kuchli jahon chempionatini o‘tkazdik. Finalda Ispaniya Argentindan kuchliroq o‘ynadi. Ular munosib g‘olib. Biz hozir faqat bitta narsadan mamnun bo‘lishimiz mumkin – bu qilgan mehnatimiz va so‘nggi sakkiz yilda erishgan yutuqlarimiz. Bu haqiqatan ham taassurot qoldiradi. Bu jamoaning bir qismi bo‘lish men uchun sharaf. Vaqt o‘tishi bilan buning qanchalik beqiyos ekanini yanada yaxshi tushunamiz», — deya Paredesning so‘zlarini keltiradi Ole nashri.

Fikrlar