Leau APL jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 07.01.2026 11:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Milan" hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Londonning "Chelsi" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Fussballdaten" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "aristokratlar" Leauni 75 million yevroga sotib olishni rejalashtirmoqda. Portugaliyalik universal hujumchi qishki transfer oynasida "ko‘klar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. Bu mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda ishtirok etib, yettita gol urdi va bitta golli uzatma berdi.

Ma’lumot uchun, Leauning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyungacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali futbolchining qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!