Leau "Barselona"ga o'tmaydigan bo'ldi
"Milan" vingeri Rafael Leau "Barselona"ga o‘tmaydi. Bu haqida "Diario SPORT" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" portugaliyalik futbolchiga arzonlashtirilgan narxda taklif qilishgan, ammo klub endi uning xizmatlariga qiziqmayapti. "Barselona" rahbarlari ushbu chiziqda yetarlicha o‘yinchilar bor, deya hisoblamoqda.
Bu mavsumda 26 yoshli Leau barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali uni 65 million yevroga baholanmoqda.
Fikrlar