Leau hali ham APLga o'tishni kutmoqda, "Galatasaroy" esa yagona rasmiy da'vogar

  • 04.06.2026 18:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Galatasaroy" hozircha "Milan" vingeri Rafael Leau uchun rasmiy taklif yuborgan yagona klub bo‘lib turibdi. Bu haqida "La Gazzetta dello Sport" xabar bermoqda.

Avvalroq turkiyaliklar portugalik futbolchiga yiliga 8 million yevro maosh va qo‘shimcha 2 million yevro bonuslarni o‘z ichiga olgan shartnoma taklif qilgani haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Biroq Leau hanuz Angliya Premier-ligasiga yo‘l olishdan umidini uzmagan. Ayniqsa, u "Arsenal" yoki "Manchester Yunayted" safiga qo‘shilishni istamoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi yana bir bor "Arsenal"ga taklif qilingan bo‘lsa-da, muzokaralarda hech qanday siljish kuzatilmagan.

Rafael Leauning shartnomasida 175 million yevrolik tovon puli belgilangan bo‘lsa-da, "Milan" uni 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ammo hozircha rasmiy taklif faqat "Galatasaroy"dan kelib tushgan.

Qayd etilishicha, hatto yiliga 10 million yevro daromad olish imkoniyati ham Leauni Turkiyaga ko‘chib o‘tishga ishontirmagan. Futbolchi boshqa klublardan, ayniqsa APL jamoalaridan taklif kutishda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!