Leau uchun kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi

  • 19 iyun, 11:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" vingeri Rafael Leau "Al-Hilol" e’tiborini tortdi. Saudiya klubi portugaliyalik uchun “Bavariya” va boshqa Evropa grandlari bilan raqobatlashishga tayyor, deydi jurnalist Nikolo Skira.

Tecno

Ar-Riyod klubi vakillari allaqachon "rossonerilar" yulduziga aloqaga chiqqan. "Milan" futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas, shuning uchun u uchun 90 dan 100 million evrogacha pul talab qiladi. 26 yoshli futbolchining o‘zi ham Evropada o‘ynashni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

"Bavariya" hamon  Leau uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Rafaelning amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!