Legioner! O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi yangi jamoaga o‘tdi
«Sport-Ekspress» nashri jurnalisti Igor Rabiner RPL 7-turidan o‘rin olgan «Zenit» – CSKA o‘yini oxiridagi bahsli epizodga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, o‘sha vaziyatda penalti belgilanganmagi, haqiqatan ham g‘alati tuyulsa-da, bunga bog‘liq ikki ehtimoliy izoh bor.
«Agar epizodni videodagidan biroz oldinroqdan tomosha qilsangiz, Sobolev bilan Mateus Reis bir-birini ushlab, tortishayotganini ko‘rish mumkin. Ehtimol, VARda ishlagan Shadixanov Reisning tirsak bilan harakatini Sobolev tomonidan bo‘lgan qonunbuzarlikdan qutulish urinish, deb baholagan», – deya yozadi Rabiner.
U yana bir ehtimolni ham tilga oldi: «Sobolevga shunchaki ishonishmadi, deb o‘ylayman. Zarba paytidan keyin u og‘riqni ko‘rsatishigacha bir necha on o‘tdi. Aleksandrning maydondagi obro‘si hammaga ma’lum, shu bois VAR hakamlari bu zarbani penalti tayinlash uchun yetarli deb topmagan bo‘lishi mumkin. Holbuki, epizodni diqqat bilan ko‘rsangiz, u qarshi tomon shtraf maydonidagi zarbadan deyarli farq qilmaydi».
Rabinning ta’kidlashicha, agar mantiqiy izohlar bir chetga surilsa, yana bir versiya qoladi: «Agar noratsional variantlarni olsak, faqat bitta gapni takrorlayman – bu «Fakel» uchun qaytdi», – deb yozadi jurnalist.

Fikrlar