Legionerimiz jamoasi bilan xayrlashdi (foto)

Eronning "Persepolis" klubi sharafini himoya qilayotgan Sherzod Temirov "Instagram" sahifasida "storis" qoldirdi.

Legionerimiz Tehron klubi logotipi rasmini qo‘yib, unga quyidagicha izoh qoldirdi:

"Persepolis klubi va muxlislariga rahmat! Omad! InshaAlloh chempion".

Ma’lumot uchun, 23 yoshli hujumchi tehronliklar tarkibiga 2021 yilda "Paxtakor"dan kelib qo‘shilgandi. Ma’lumotlarga qaraganda, u faoliyatini "Zob-Axan"da davom ettirishga yaqin turibdi.

temirov hayrlashdi        temirov hayrlashd1i

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!