Legionerimiz jamoasi "Manchester Yunayted"ni cho‘chitib qo‘ydi

  • 10.09.2026 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa qit’asining eng nufuzli musobaqa - Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ishtirokini boshlaydigan Ozarbayjon chempioni  «Sabah» raqiblar uchun mavhum jamoa ekani bilan xavf tug’dirmoqda. 

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Chempionlar Ligasi birinchi turidagi raqib haqida fikr bildirdi. 10 sentabr, payshanba kuni «Old Trafford»da «MYu» ozarbayjonlik «Sabah» jamoasini qabul qiladi. Bu bahs mehmonlar uchun Chempionlar Ligasidagi ilk o’yin bo’ladi.

«Eng avvalo, bu juda puxta tayyorgarlik ko’rgan jamoa, deb hisoblayman. Ular to’p bilan ishlashdan qo’rqmaydi, hujumlarni maydonning barcha chiziqlari orqali rivojlantiradi, o’yinchilar o’rtasidagi o’zaro tushunish yaxshi, pressingni ham jamoaviy va uyg’un tarzda amalga oshirishadi. Shu bois biz qanday raqibga qarshi maydonga tushishimizni va qaysi qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkinligini juda yaxshi tasavvur qilamiz», — dedi Kerrik.

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatini omadсиз boshladi. Kerrik boshqaruvidagi jamoa uch turda to’rt ochko jamg’ardi va hozircha Angliya premyer-ligasida 11-o’rinni egallab turibdi.

«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi asosiy bosqichining birinchi turida Ozarbayjonning «Sabah» klubini qiyinchiliksiz mag’lub etishi kerak. Bu haqida Rossiya terma jamoasi tarkibida Yevro-2008 musobaqasining bronza medali sohibi bo’lgan Roman Pavlyuchenko fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, o’z maydonida o’ynaydigan mankuniyanliklar kamida uch bor raqib darvozasini ishg’ol etishi lozim.

«Hisob yirik bo’lishi mumkin — 3:0 yoki 4:1. Menimcha, mezbonlar uchta gol urishi shart. Agar o’z uyingizda «Sabah»ni yirik hisobda mag’lub etmasangiz, unda keyingi bosqichlarda nimlarga umid qilish mumkinligini tushunish qiyin», — deya ta’kidladi Pavlyuchenko «Stavka TV» bilan suhbatda.

Jamoalar o’rtasidagi uchrashuv 10 sentabr kuni «Old Trafford» stadionida bo’lib o’tadi. O’yin boshlanishi Moskva vaqti bilan soat 22:00 da belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!