Legionerimizni tanqid qilishdi! Mağlubiyat juda alamli bo‘ldi

  • 13.09.2026 23:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossi Premier-ligasida ishtirok etayotgan Maxachqal’aning «Dinamo» klubi chempionat jadvalida «Zenit»ni quvib yetish imkonini qo‘ldan boy berdi. Bu gap baland parvozdеk eshitilishi mumkin, kimdir «Yevseyev jamoasidan haddan tashqari ko‘p narsa talab qilish kerak emas, ular allaqachon o‘z imkoniyatidan yuqori o‘ynayapti», deyishi tabiiy. Lekin mag‘lubiyatni yoqtirmaydigan aynan o‘zi – Vadim Yevseyev bu jamoadan ko‘proqni talab qiladi.

Ayniqsa, gap shundaki, Grozniydagi o‘yinda maxachqal’aliklar hisobda ikki marta oldinga chiqishdi. Ammo oxirida baribir mag‘lubiyatga uchrab, yaqin safardan birorta ochkosiz qaytishdi. «Yevro-Futbol» nashri uchrashuvni tahlil qilib, ishonchni oqlamagan futbolchilarga past baholadi.

Eng yuqori baholash mezoni – 10 ball (o‘yin boshidagi start bahosi – 6,0).

MAHMUD MAHAMADJONOV – 3,0. Maxachqal’aliklar jamoasida birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushgan Mahamadjonov uchun bu o‘yin omadli kechmadi. «Axmat»ning ikkinchi va uchinchi gollari aynan uning pozitsiyasi – chap qanot himoyasi tomondan uyushtirildi. Albatta, Pryaxinga fol qilayotgan ham, Adamovga golli uzatma berish imkonini bergan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Mahmud emasdi. Ammo u o‘z zonasida raqibni to‘liq to‘xtata olmadi, shu bois uni doimiy ravishda sheriklari sug‘urtalashiga to‘g‘ri keldi. Mahamadjonov yakkakurashlarda ko‘proq yutqazdi – yetti marta mag‘lub bo‘lib, faqat besh duelda ustun keldi, uch holatda esa raqibga driblingda o‘zini osoncha aldatishga yo‘l qo‘ydi.

XUSSEM MREZIG – 3,0. Bu safar Mrezigni tanib bo‘lmadi. Rostdan ham Azzi yo‘qligini shunchalik og‘ir qabul qilyaptimi? Oddiyda Xussem himoyadagi kamchiliklarni yugurish va kurash hisobiga yopishga o‘rgangаn, bu gal esa bunday bo‘lmadi. U sakkizta yakkakurashdan yettisini yutqazdi, o‘zining odatiy aniq va o‘tkir uzatmalarini esa umuman namoyish qila olmadi. Aksincha, o‘nga yaqin vaziyatda markazda to‘pni yo‘qotib, jamoasini qiyin ahvolga soldi. Shunday sharoitda ham «Dinamo» ikki marta gol urishga qanday erishgani savol uyg‘otadi.

DAVID VOLK – 3,0. «Axmat»ning ikkinchi golida avtogol muallifi bo‘lgan Alarkonni alohida mavzuda qoldirib, Maxachqalani darvozabonlar chizig‘idan kelib chiqsak. Asosiy posbon Magomedov jarohat sabab o‘yinni tark etdi, uning o‘rnini esa Volk egalladi va darhol asabiy o‘yin ko‘rsata boshladi. Birda to‘pni noqulay qaytardi, birda jazo maydonchasidan tashqarida qo‘l bilan o‘ynab qo‘yishga sal qoldi. Ikkala golda ham darvoza chizig‘ida «qotib qolib», chiqishga jur’at qilmadi, shu bois zarbalarni qaytarish imkoniyati ham deyarli bo‘lmadi – na raqib, na o‘z o‘yinchisining zarbasini to‘sishga ulgурdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!