Legionerlarimiz avjiga chiqqan o‘yinda "Ordabasi" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Qozog‘iston Premer-ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor" va "Ordabasi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mehmonlar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Legionerimiz Bobir Abdiholiqov asosiy tarkibda maydonga tushib, 62-daqiqada zaxiraga olindi. Shahboz Umarov esa ikkinchi bo‘limda shu vaqtda maydonga tushirildi. Bobir jamoasining ikkinchi goliga assistenlik qildi. Umarov esa o‘zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, "Ordabasi" ikki o‘yindan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ботир
09/03/2023 19:25
Омад. Олга йигитлар.