
Legionerlarimiz. Aziz G‘aniev jamoasini "Paxtakor" va yana 2 raqibga qarshi muhim o‘yinlar kutmoqda. Chunki...
Osiyo Chempionlar ligasi G‘arb mintasidagi jamoalar Qatar poytaxti Doha shahriga etib bordi.
"Sherlar" bilan bir guruhdan o‘rin olgan "Shabab Al Ahli" ham mashg‘ulotlarga kirishdi. Ushbu jamoada hamyurtimiz Aziz G‘aniev faoliyat yuritayotganidan xabaringiz bor, albatta.
Aziz G‘aniev ham Qatar poytaxti Dohada
Aziz G‘aniev va sheriklari "Shabab Al Ahli"ning "Shahr Xodro", "Paxtakor" va "Al Hilol" klublariga qarshi o‘yin uchun mashg‘ulotlarda ter to‘kmoqda.
Dohada "Paxtakor" uchun ajratilgan avtobusni ko‘rdingizmi? (Foto)









"Shabab" 4 sentyabr kuni "Shahr Xodro" bilan kuch sinashadi. Ushbu ikki jamoa OChLning ortda qolga 2 ta turida birorta ham ochko ishlay olmadi. Shu bois bellashuvning ahamiyati katta. G‘anievning "Paxtakor"ga qarshi o‘yini esa 5-tur doirasida 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar