Legionerlarimiz. Hojimat Erkinov va "Al-Vahda" mavsumni g‘alaba bilan boshladi

  • 23 avgust, 2024, 21:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

BAA chempionati 1-turidan o‘rin olgan "Al-Vahda" - "Ajman" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. 86-daqiqada Milosh Kosanovich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib berdi. Legionerimiz Hojimat Erkinov asosiy tarkibda tushdi va 88-daqiqada zaxiraga olindi. 

Shu tariqa, Abu-Dabi klubi mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!