Legionerlarimiz. Otabek Shukurov jamoasi mag‘lubiyatga uchradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Ajman" va "Sharja" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Sharjaliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Otabek Shukurov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

Ma’lumot uchun, ayni damda "Sharja" 12 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. "Ajman" ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 11taga etkazdi va 5-o‘ringa ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!