Legionerlarimiz to‘p suradigan eng kuchli chempionat ham to‘xtatilishi mumkin

  • 14.03.2020 20:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya premer-ligasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra tashkilot 17 mart kuni navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi va kun tartibiga qo‘yiladigan koronavirus sabab chempionat uchrashuvlarini to‘xtatish masalasini muhokama qiladi.

Ta’kidlash kerakki, hozirda COVID 19 virusi Rossiyaga ham kirib kelgan.

Ayni paytgacha Evropaning aksariyat mamlakatlari chempionat o‘yinlarini to‘xtatdi.

Rossiya premer-ligasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari hisoblangan Eldor Shomurodov ("Rostov") hamda Oston O‘runovlar ("Ufa") to‘p surishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!