Lekler “Ferrari” bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 04.06.2026 20:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Ferrari" haydovchisi Sharl Lekler "Skuderiya" bilan yangi shartnoma imzoladi. Muddat rasman e’lon qilinmagan, biroq bir qator OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv bir necha mavsumga mo‘ljallangan. Avvalgisi 2029 yil oxirigacha bo‘lgan bo‘lsa, endi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gap 2031 yilgacha bo‘lgan shartnoma haqida ketmoqda.

"Bu yo‘lni “Ferrari” bilan davom ettirishdan benihoya baxtiyorman. Men uchun u har doim oddiy jamoadan ko‘ra ko‘proq narsa bo‘lgan. Bu men sevgan va bolaligimdan a’zo bo‘lishni orzu qilgan jamoa va shu yillar davomida u men uchun ikkinchi oilaga aylandi. Birgalikda biz aql bovar qilmas va ba’zi murakkabroq lahzalarni boshdan kechirdik, ammo hozir men bizga har qachongidan ham ko‘proq ishonaman va umumiy maqsad - Maranelloga chempionlik unvonini qaytarish yo‘lida yonma-yon harakat qilishda davom etishimiz uchun chuqur minnatdorman.

"Ferrari" poygachisi bo‘lish orzu, lekin men hech qachon tabiiy deb qabul qilmaydigan mas’uliyat hamdir. Men jamoani o‘zi bo‘lishi kerak bo‘lgan joyga - eng yuqori cho‘qqiga olib chiqish uchun, Maranellodagi hamma uchun va birinchi navbatda, "Skuderiya"ning yurak urishi bo‘lgan tifoz uchun bor kuchimni safarbar etishda davom etaman", - deya Leklerning so‘zlarini keltiradi jamoa matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, monakolik poygachi yiliga 34 milliondan 50 million yevrogacha maosh oladi. U jamoada qolgan har bir mavsumi uchun ko‘proq maosh olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!